Tovarni qaytarish
Tovarni qaytarish tartibi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi amaldagi qonunchilik bilan tartibga solinadi.
• Iste’molchi tovarni buyurtma topshirish punktida uni olishdan oldin istalgan vaqtda rad etishga, tovarni olgach esa – yetti kun ichida qaytarishga haqli;
• Tovarning yaroqli holatda qaytarilishi, agar uning tashqi ko'rinishi, iste’mol xususiyatlari hamda mazkur tovarni xarid qilish faktini va shartlarini tasdiqlovchi hujjat saqlangan bo'lsa, mumkin;
• Iste’molchi faqat xarid qilgan shaxs tomonidan foydalanilishi mumkin bo'lgan, individual belgilangan xususiyatlarga ega yaroqli tovardan voz kechishga haqli emas;
• Iste’molchi tovardan voz kechgan taqdirda, sotuvchi iste’molchiga shartnoma bo'yicha to'langan pul summasini, iste’molchidan qaytarilgan tovarni yetkazib berish bo'yicha sarflangan xarajatlar bundan mustasno, da’vo bildirilgan kundan boshlab o'n kundan kechiktirmay qaytarishi shart;
• Bank kartasi orqali to'lov qilingan bo'lsa, pul mablag'larini qaytarish to'lov amalga oshirilgan bank kartasiga qaytariladi. Qaytarish muddati 1 kundan 30 ish kunigacha.
Xizmatdan voz kechish
Xizmat ko'rsatish bo'yicha tuzilgan shartnomani bekor qilish huquqi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi amaldagi qonunchilik bilan tartibga solinadi.
• Iste’molchi xizmat ko'rsatish bo'yicha shartnomani istalgan vaqtda bekor qilishga haqli, bunda ijrochiga bekor qilish to'g'risidagi xabarnoma olingunga qadar ko'rsatilgan xizmat hajmiga mutanosib narxning bir qismini to'laydi va ushbu paytgacha bajarilgan, lekin ko'rsatilgan xizmat narxiga kirmagan xarajatlarni qoplaydi;
• Iste’molchi ko'rsatilgan xizmatdagi kamchiliklar aniqlansa, o'z tanloviga ko'ra quyidagilarni talab qilishga haqli:
- kamchiliklarni bepul bartaraf etish;
- narxni mos ravishda kamaytirish;
- kamchiliklarni o'z kuchi bilan yoki uchinchi shaxslar yordamida bartaraf etish uchun ko'rilgan xarajatlarni qoplash;
• Iste’molchi ko'rsatilgan xizmatdagi kamchiliklarga oid talablarni, agar ular kafolat muddati davomida aniqlansa, kafolat muddati ichida, u mavjud bo'lmaganda esa oqilona muddatda, xizmat qabul qilingan kundan boshlab ikki yil ichida qo'yishga haqli;
• Kafolat muddati belgilab qo'yilmagan xizmatdagi kamchiliklar uchun ijrochi javobgardir, agar iste’molchi ularning xizmat qabul qilinishidan oldin yoki shu paytgacha bo'lgan sabablarga ko'ra yuzaga kelganini isbotlasa;
• Bank kartasi orqali to'lov qilingan bo'lsa, pul mablag'larini qaytarish to'lov amalga oshirilgan bank kartasiga qaytariladi. Qaytarish muddati — 1 kundan 30 ish kunigacha. Sotuvchi tovarni jo'natish va yetkazish bo'yicha barcha majburiyatlarni bajargan bo'lsa-yu, xaridor buyurtma topshirish punktida tovarni olishdan bosh tortsa, pul mablag'lari faqat posilka tanlangan yetkazib berish xizmati orqali sotuvchining omboriga qaytarilgandan so'ng qaytariladi. Xaridor buyurtmani qabul qilishdan bosh tortganda, rasmiylashtirish vaqtida to'langan summadan yetkazib berishning ikki tomonga bo'lgan xarajatlari ushlab qolinadi.
- Agar ijrochi tovarni jo'natish va yetkazish bo'yicha barcha majburiyatlarni bajargan bo'lsa, biroq xaridor posilkani olishdan bosh tortsa, pul mablag'lari faqat posilka tanlangan yetkazib berish xizmati orqali yuboruvchi kompaniya omboriga qaytarilgandan so'ng qaytariladi. Xaridor buyurtmani qabul qilishdan bosh tortganda, rasmiylashtirish vaqtida to'langan summadan yetkazib berishning ikki tomonga bo'lgan xarajatlari ushlab qolinadi.
- Tovar muhrlangan va ko'rinadigan shikastlarsiz, yaroqli holatda qaytarilgan taqdirda, pul mablag'lari yetkazib berish xizmati orqali qaytarilgan tovar qabul qilingan kundan boshlab 10 (o'n) kalendar kun ichida qaytariladi.