Br - Brom organizmdagi jarayonlar faolligi va muvozanatini, gomeostaz holatini tartibga soladi. Lugela tarkibida me’yoriy miqdorda taqdim etilgan.
Mg - Magniy mushak va nervlarni bo‘shashtiradi, stress, xavotirni bartaraf etadi, uyquni yaxshilaydi. Yurak-qon tomir tizimi ishini, yurak ritmini nazorat qiladi, arterial bosimni tartibga soladi, gipertenziya rivojlanishining oldini oladi. Moddalar almashinuvini va energiya almashinuvini tartibga soladi, uglevod va yog‘larni energiyaga, jismoniy faollikka aylantiradi. Suyaklar metabolizmini tartibga soladi, osteoporozning oldini oladi. Oqsillar, DNK va RNK sintezida, hujayralarning o‘sishi va qayta tiklanishida, glyukoza, insulin metabolizmida va qandli diabet nazoratida ishtirok etadi.
Na - Natriy hujayralar va to‘qimalarda suvning optimal miqdorini tartibga soladi, qon tizimida kerakli suv darajasini ta’minlaydi, pH, arterial bosim, ovqat hazm qilish, yurak-qon tomir, asab va mushak tizimlari ishini tartibga soladi.
K - Kaliy kaltsiyning suyak to‘qimasidan «yuvilib ketishini» oldini oladi, osteoporoz xavfini kamaytiradi, suyaklarni mustahkamlaydi. Yurak, mushaklar va asablar ishini tartibga soladi, suv-tuz muvozanatini saqlaydi va arterial bosimni nazorat qiladi.
P - Fosfor suyak to‘qimasi tuzilishini saqlab turadi, hujayra bo‘linishida, energiya ishlab chiqarishda, asab tizimi va kognitiv funksiyalarni qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etadi.
Si - Kremniy inson organizmining ichki organlari va tizimlari hayotiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Boylam va bo‘g‘imlarni mustahkamlaydi. Suyak to‘qimasi uchun zarur moddalarning muvozanatini saqlaydi. Tomir devorlarini mustahkamlaydi, teri tuzilishiga ta’sir qiladi. Immun tizimi ishida ishtirok etadi, yallig‘lanishga qarshi sitokinlar ishlab chiqarilishiga ta’sir qiladi. Tomirlarda alyuminiy va toksik birikmalar cho‘kishini to‘sadi. Miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
L - Lantanoidlar — kuchli antioksidantlar bo‘lib, suyak kasalliklari, osteoporozning oldini olish va davolashda tengi yo‘q. Lantanoidlar qonni ivishiga to‘sqinlik qiladi. Inson organizmida lantanoidlar saraton o‘smalarida to‘planadi va ularda kaltsiy, magniy va fosfor almashinuvini buzadi. Ularning o‘smalarga qarshi faolligida tengi yo‘q. Lantanoidlar terini detoksikatsiya qilishga, teri gomeostazini tiklash va saqlashga yordam beradi. Lantanoidlar, kaltsiy bilan birgalikda, toksik birikmalarning molekulyar bog‘larini buzib, shu tariqa kimyoviy agentlar chaqirgan o‘tkir yallig‘lanishlarni bartaraf etadi. Lantanoidlar DNK darajasida hujayra mutatsiyalarini oldini oladi.
Lugela haqida nima deyishadi